Shunday toifadagi bemorlar borki, ular Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi kasalxonalarda ovqatlanish xarajatlari uchun pul to`lamaydi.
Qonunchilikka ko`ra, quyidagi bemorlar ovqatlanish to`lovlaridan ozod etiladi:
I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar;
Bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslar;
1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo`lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo`lgan shaxslar;
1941 — 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
Baynalmilalchi jangchilar;
G`irt etimlar;
Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg`iz pensionerlar;
18 yoshgacha bo`lgan bolalar, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o`quvchilari;
Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko`ra mudofaa ishlari bo`limlarining yo`llanmalari bo`yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo`lgan chaqiriq yoshidagilar;
«O`zbekiston Respublikasi faxriy donori» («Pochetniey donor Respubliki Uzbekistan») ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
1 yoshgacha bolasi bo`lgan emizikli onalar;
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).