Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o`yinlar, o`yinchoqlar, mebel', jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari tasdiqlandi.
Normaning yozishicha, quyidagilar uchun jihozlash me'yorlari belgilangan:
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida guruhlari, shu jumladan salomatligida nuqsoni bo`lgan (aqli zaif va og`ir nutq nuqsoni bo`lgan, tayanch-harakat a'zolarida nuqsoni bo`lgan, kar va zaif eshituvchi, ko`zi ojiz va zaif ko`ruvchi) bolalar uchun maxsus guruhlar;
yordamchi xonalar (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, ma'muriy-metodik xonalar, kir yuvish xonasi, yong`in xavfsizligi burchagi, xo`jalik va bino ishchilari uchun jihozlar, tibbiy xizmat ko`rsatish xonalari, oshxona, omborxona);
DMTT hududi va tashqi o`yin maydonchalari;
bolalar uchun sanitariya-gigiyenik vositalar.
DMTT guruhlarini jihozlash me'yorlari turli yoshdagi bolalar guruhlari kesimida, shu jumladan 2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun belgilangan (maxsus guruhlar bundan mustasno). Davlat tasarrufidagi bolalar bog`chalariga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi, nodavlat bog`chalarda esa bolalarni qabul qilish yoshi ularning ustavlarida belgilanadi.
Dilshodbek Ro`zimurodov