x

Prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq Adliya vazirligi va Bosh prokuratura uch oy muddatda aliment to‘lovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 

Qonun loyihasida, shu jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

a) aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda qarzdorlik to‘liq bartaraf etilguniga qadar:

  • qarzdorning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
  • qarzdorga lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko‘rsatmaslik;

b) aliment bo‘yicha qarzdorlik mavjudligini nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilash.

To Top ↑
To Top ↑