Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) O`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og`ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro`yxati tasdiqlandi
Ro`yxatga ko`ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to`lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
▫️Ko`mirni boyitish apparatchisi;
▫️Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
▫️Yer osti kon ishchisi;
▫️Tarkibida olmos bo`lgan kontsentratlarni me'yoriga etkazuvchi;
▫️Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
▫️Olmoslar va o`ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
▫️Issiqlik tarmog`idagi uskunalarni ta'mirlash bo`yicha chilangar;
▫️Neft' va gaz qazib olish bo`yicha operator;
▫️Gaz taqsimlash stantsiyasi operatori;
▫️Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
▫️Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
▫️Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
▫️Gipsni qizdiruvchi;
▫️Asfal'tbetonchi;
▫️Novvoy;
▫️Hamir qoruvchi;
▫️Go`sht mahsulotlarini kesuvchi;
▫️Muzqaymoq tayyorlovchi;
▫️Naqqosh;
▫️Yo`lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
▫️Tez tibbiy yordam stantsiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.