x

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisida yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi tahrirdagi qonunning muhim jihatlaridan biri shundaki, endi ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu norma 2020 yilning 24 aprelida qabul qilingan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasida ham belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqatlari reklamasi quyidagi talablarga mos bo‘lishi shart:

  • ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga oid axborotlar go‘dakni olti oygacha oziqlantirishda ona suti bilan oziqlantirishning foydasi va afzalligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak;
  • bola hayotining birinchi yilida uning rasioniga kiritilgan qo‘shimcha ovqat mahsulotlari reklamasida yoshga doir cheklovlar hamda mutaxassislarning maslahati zarurligi haqidagi ogohlantirish bo‘lishi kerak.

To Top ↑
To Top ↑