– Ayollar tuqqunga qadar 70 kalendar' kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar' kun (tug`ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug`ilgan hollarda 70 etmish kalendar' kun) homiladorlik va tug`ish ta'tillari beriladi hamda davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqa to`lanadi.
– Homiladorlik va tug`ish ta'tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko`ra, unga bolasi 2 yoshga to`lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta'til berilib, bu davrda nafaqa to`lanadi.
Ayolning xohishiga ko`ra bolasi 3 yoshga to`lgunga qadar ham ish haqi saqlanmaydigan qo`shimcha ta'til berilishi mumkin.
– Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta'tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to`liq yoki uni qismlarga bo`lib foydalanishlari mumkin.
– Ayol yoki bola parvarishi ta'tilidagi shaxslar o`z xohishlariga ko`ra, bolani parvarishlash ta'tili davrida to`liq bo`lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari saqlanib qoladi.
– Bolani parvarishlash ta'tillari davrida ayolning ish joyi saqlanadi. Bu ta'tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko`pi bilan 6 yil, shu jumladan mutaxassisligiga
– Bolani parvarishlash ta'tillarining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o`zgacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, keyingi haq to`lanadigan yillik ta'til olish huquqini beradigan ish stajiga qo`shilmaydi.