Qonunchilikka ko`ra, nogironligi bo`lgan shaxslarga g`amxo`rlik qiluvchi (yo`lda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha imtiyozlarga ega.Ular, jumladan:
Davlat xizmatlari markazlari, sog`liqni saqlash, ta'lim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida ko`rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirishi mumkin;
Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo`lgan bolaga g`amxo`rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga nogironligi bo`lgan bolaning yonida birga bo`lish uchun sharoit yaratiladi. Hususan:
Statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo`lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi;
Bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga g`amxo`rlik qiluvchi shaxslar davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanishi mumkin.