Ba'zan ota-ona farzandining yolg`on gapirayotganini sezib qoladi. Bunday holatda qanday chora ko`rish mumkin? Yolg`on bilan qanday kurashish kerak?
Besh yoshgacha bo`lgan uydirmalar normal hisoblanadi. Agar bola boshqalarning tuyg`ulariga qattiq tegmasa va uning uydirmalari hech kimga zarar etkaza olmasa, unda hammasini hazilga burish mumkin.
Agar bola olti yoshdan kattaroq bo`lsa va u yolg`on ishlatishni yaxshi ko`rsa, unga yordam berish kerak bo`ladi: bolaning ishonchini tiklash; bola va ota-ona munosabatlarini mustahkamlash; qattiqqo`llik darajasini pasaytirish va ba'zi cheklovlarni bekor qilish; qilmishlari va yolg`onlari uchun qattiq jazolamaslik; bolani shaxsiy joy bilan ta'minlash, o`z sirlari bo`lishiga ruxsat berish; agar gap o`smir haqida ketayotgan bo`lsa — uning hayotiga aralashmaslik, xonasiga uning ruxsati bilan kirish, so`roqlar va tergovlar bilan qiynamaslik, nazoratni susaytirish, uning istaklari va fikrlari bilan qiziqish.
Agar siz farzandingiz o`z manfaatlari uchun yolg`on ishlatayotganini va bu bilan boshqalarning hayotini buzayotganini bilib qolsangiz, albatta u bilan yolg`iz va xotirjam sharoitda gaplashib olishingiz kerak.
O`z hayotingizdagi shunga o`xshash voqealar haqida, yolg`on ochilganidan keyin siz qanchalik uyalganingiz va o`z yolg`oningiz tufayli qayg`urganingizga urg`u bergan holda gapirib berishingiz kerak.
Agar bola «nafas olishdek» muntazam ravishda, hatto buning uchun o`ziga xos sabablar bo`lmasa ham yolg`on gapirayotgan bo`lsa, unda oilaviy ruhshunosga murojaat qilish lozim bo`ladi. Aynan oilaviy ruhshunosga, chunki ko`pchilik hollarda bolalarning yolg`on gapirishiga oiladagi muammolar sababchi bo`ladi.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi