x

Ko`pchilik yaxshi bilganidek, kichik yoshdagi bolalarga ota-onalar turlicha laqablar qo`yishadi. Bu laqablar ularning yaxshi-yomon qilig`i, kamchiliklari, tana a'zolari, rang-ro`yi va boshqa shu kabi jihatlariga bog`lab aytiladi. Ayrim laqablar tez unutiladi, yangilari bilan aytib chaqiradigan bo`lishadi. Ammo ayrim laqablar bir necha yil bolaning ismi kabi saqlanib qoladi.

Farzandiga o`zlari aytganida laqabning xunuk va qo`polligi uncha sezilmasligi mumkin. Asta-sekin boshqalar, hatto qo`ni-qo`shnining bolalari yoki ularning o`zlari ham kichkintoyni shu laqab bilan atab qo`ysalar, ota-onaga bu so`zlar yomon eshitiladi. Chunki har bir ota- ona farzandiga boshqalar faqatgina uning o`z ismini aytishini istaydilar.

Afsuski, ba'zi ota-onalar bolasiga haqorat ma'nosida ham laqab qo`yishadi. Masalan, kichkintoy ko`pincha ishtonchasiga siyib qo`yadigan yoki bo`shalib yuboradigan bo`lsa, ota-ona o`z kamchiligini to`g`rilash o`rniga uni «siyg`oq» deb yoki tilga olish bundan-da nokulay bo`lgan boshqa laqab bilan ataydi. Bola parvarishida, unga nisbatan muomala-munosabatlarda xatolik o`tganida yoki kichkintoy biror kasallikka chalinganidagina shu holat tez-tez kuzatilishi mumkin. Demak, bunda kamchilik aslo bolaning o`ziga tegishli emas! Bunga fahmi etmagan ota-onalar esa go`yo laqab orqali uni jazolashni, tarbiyalashni, bola hijolat chekib shu odatini qoldirishini nazarda tutganday bo`lishadi. Ammo kichkintoy laqablarining ma'nosini umuman tushunmasligi, hatto o`zi o`ziga takrorlab aytishi mumkin. Uning o`zidan katta aka-opalari xam ukasiga ana shu laqablarni aytib turishadi, mayna kilishadi. Oqibatda bir-birini kalaka kilishni o`rganishadi. Birovga laqab qo`yish, aybini yuziga solish mumkin degan fikr ularning murg`ak ongida yozilib qoladi. Bolasiga laqab qo`ygan ota yoki ona aslida o`z aybini o`zi ochib qo`ygan bo`ladi. Farzandingizni siz nima deb atasangiz, boshqalar ham unga shuni aytishadi. Hatto keyinchalik siz bu kamchilikni to`g`rilab, laqabbozlikni to`xtatsangiz ham, boshqalarni to`xtatolmasligingiz mumkinligini yodda tuting. Farzandingiz sizdan norizo bo`lib qolmasin.

Bema'ni lakablar bu bebaho ne'matni xakoratlashdan boshka narsa emas. Bolani o`z ismi bilan atash kerak, ku- logiga azon aytib o`zingiz tanlagan ismni o`zingiz xako rat kilmang. Aks xolda bu bema'nilik kap-katta odamga yarashadigan kilik emas, xijolatli ishdir. Aytishlaricha, farishtalar ham bolaning ismini yodlab qolishar ekan. Demak, ism kuyish ota-onaning bir va'dasi ham sanaladi.

Masxara qilish - yomon odat

Hech kachon, xatto aybi bo`lsa ham, bolangizni masxara qilib gapirmang. Ayolingiz ham bunga odatlanmasligini nazorat kiling. Unutmang, bolani masxaralash uni tahqirlash deganidir. Ayniqsa, og`izga olib bo`lmaydigan so`zlarni aytib masxara qilinsa, bu aynan taxkirning o`zidir. Bola o`z uyida masxaralansa, ya'ni tahqirlansa, bu uning ruhiyatiga qattiq ta'sir qiladi, qaysidir darajada nerv tolalariga lat etkazadi. Masxaralash - tarbiya usuli emas, bolaning bor tarbiyasini ham buzish degani. Bunday paytda bola asabiylashadi, himoyasizligidan o`zini qo`yarga joy topolmaydi, ko`ngli o`ksiydi. Turgan gapki, uni masxara qiluvchiga bo`lgan mehriga putur etadi, undan qo`rquvi ortadi, xolos. Shu tobda, balki keyin ham, uning boshka joylarga ketgisi, bunday tahqirdan qutulgisi keladi. Hatto u ayb o`zida ekanini bilib, anglagan bo`lsa-da, masxara qilinishini ko`tarolmaydi, zo`riqadi va bu zo`riqish uning asab tizimida iz qoldiradi. Chunki har qanday vaziyatda ham bola uyda masxara qilinmaslikka to`la hakli! Ota-onaga taqdir in'om qilgan omonat sifatida xam unda masxara qilinmaslik, tahqirlanmaslik huquqi bor, buni yoddan chikarishning ma'naviy javobgarligi bo`lishi tayin.

Ochig`ini aytganda, masxara qilish dushmanning ishi. Demak, bu dunyoda bolaning eng yaqin kishisi bo`la turib unga dushmanning ishini qilmang. Birovni masxara qilish — yomon odat. Farzandingizga bunday yomon odatni o`rgatmang, boshqalardan o`rganishiga ham yul qo`ymang.

 

To Top ↑
To Top ↑