x

"COUNTER STRIKE" … Mutaxassislar "hammani o`ldir va qayt" shiori bilan mashhur bo`lgan bu o`yin va uning turdoshlarining bolalarni zo`ravonlikka chorlayotganini va ularni "o`lim mashinasiga" aylantirayotgani haqida juda ko`p marta ogohlantirishgan va bunday o`yinlarni taqiqlash zarurligini aytishgandi. Lekin hech kim sof bir bolaning komp'yuter o`yini ta'sirida bir necha tengdoshining qotiliga aylanishiga ishonmaydi. 

Virtual texnologiyaning zavq, rohat baxsh etuvchi xususiyatlari bilan to`ldirilgan "Barchangizni o`ldiraman!" kabi o`yinlarning girdobiga tushgan kishi (bola-o`smir, katta kishi) bundan osonlik bilan qutula olmaydi. Bu tarzdagi uyinlar kishilarning psixoliyasiga mos ravishda o`ta mustahkam poydevor ustida tayyorlanadi. Bu uyinni o`ynashni boshlaganlar ma'lum bir muddat o`tgach unga tamomila bog`lanib qolishadi.

"COUNTER STRIKE" jonli va dunyoning har burchagidan ishtirokchilari bo`lgan umumiy maydonda o`ynaladi. O`yinda ishtirok etadigan har kishi avval o`z shaxsini aniqlashtirib oladi. O`yinchi o`zi tanlagan shaxs kimligi bilan yo "terrorist" yoki "terrorist bilan kurashuvchi" "Kontr-terrorist" sifatida o`yinga qo`shiladi. O`zini terrorist deya sifatlagan o`yinchi qo`lidagi quroli bilan teraktlar uyushtiradi va o`zini hammaning o`ldirilishi kerak bo`lgan xayotga tayyorlaydi. O`yin har ne qadar virtual bo`lishiga qaramasdan ishtirokchilar sodir etiladigan rejalari uchun bir-birlari bilan "haqiqiy" aloqa quradilar. O`yinchilar bir-birlariga nisbatan o`ta mas'uliyat his qilganliklari bois bu o`yinlarni "yarim haqiqiy hayot o`yinlari" deb ham ataladi. 

O`yinga internet orqali bog`langan bo`lishsa ham ishtirokchilar vaqt o`tgach xayotda ham do`stlashib qolishadi. Bir-birlariga bo`lgan samimiyatlari o`yin ichidagi birga tuzilgan terakt rejalari va uni amalga oshirish orqali yana-da kuchayadi. Bu esa o`yinchilar o`rtasidagi bog`ni yanada mustahkamlaydi. Havf esa, aynan mana shu nuqtada boshlanadi. O`yin ishtirokchilari bir tomondan hayotda haqiqiy bir kishi bilan virtual qo`poruvchilik rejasini tuzishsa, ikkinchi tomondan bu rejalarini virtual olamda tatbiq qilishadi. Masalaga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, hissiyot dunyosi nozik, tortinchoq va tashqi dunyoga yopiq va sokin bolalarning qarshi tarafdagi terrorist do`stlarining xam qo`llab-quvvatlashi natijasida o`ta jasur odamga aylanish xatari kuchayadi. 

Afsuski, shu onda xam internet kafelarning burchagiga yashirinib yoki o`z xonasida qamalib olgan minglab ma'sum bolalarning virtual terrorist do`stlari bilan inson o`ldirishdan zavq olayotgani sir emas. Bu masalada farzandlarimizga jiddiyroq e'tibor qaratishimiz kerak. Yo`qsa, oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

 

To Top ↑
To Top ↑