1. Ota-ona so`kib bolani urishishi;
2. Solishtirish. «Akangni qara qanaqa aqilli, singlingni qara shunaqa bo`lgin» kabi. Bu iboralar bir umrga o`z izini qoldiradi, so`ng bola katta bo`lib yaxshilik qilgisi kemaydigan, o`zib ketishga harakat qiladigan yoki ko`rolmaydigan, xasadgo`y bo`lib qoladi.
3. Shartli sevish. «Agar shuni qilsang yaxshi ko`raman» kabi. Demak, otam meni shundoq yaxshi ko`rmaydi deb, o`ylaydi. Shunaqa holatda bolani shaxsiyatini yomon ko`raman emas shu qilgan noto`g`ri ishini yomon ko`raman deb tushuntirish kerak.
4. Yig`lama, erkaklar yig`lamaydi. Bu yolg`on. Sababi Abu bakr roziallohu anhuni sifatlaridan biri ko`p yig`lovchi edi, shuningdek Payg`ambarimizni ham. Umuman barcha sahobalar. Bolani kuchli qilaman deb, unga yolg`on gapiryabsiz. lekin qaytanga shaxsini buzib, qalbini qattiq qilib qo`yasiz.
5. Ustidan kulish. Masalan semiz yoki dangasa bo`lsa ustidan kulish. Umuman tashqi ko`rinishini hazillashib bo`lsa ham gapirish.
6. «Dabdalangni chiqaraman, basharangni yoraman» kabi so`zlar ishlatish.
7. Ota-ona ruxsat bermasa, lekin nega ruxsat bermaganini tushuntirmasa.