x

1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o`ldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

2. Elektron o`yinlar ijtimoiy aqlni, lug`aviy ziyraklikni barbod qiladi. Haddan ortiq e'tibor qaratilganidan miyaga qon quyilishiga, miya hujayralarining barvaqt halok bo`lishiga sabab bo`ladi. Yoshi ulg`ayganda unga mahorat, tajriba etishmaydi.

3. Onani uning o`g`li oldida haqorat qilish bolani qo`rqoq, tortinchoq qilib qo`yadi, sog`lom fikrlashdan to`xtatadi. Chunki so`nggi tadqiqotlarga ko`ra, bola qobiliyatni onasidan oladi.

4. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.

5. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi noto`g`ridir. Buning natijasida undagi so`z boyligi va ijtimoiy zehn yo`qolib boradi. Bolaning gapiga ahamiyat bermaslik, uni jim turishga buyurish, ba'zi hollarda uni qattiq inkor qilish yaxshilikka olib kelmaydi.

6. Ta'lim berish davomida suv ichishni kamaytirish kerakmi? Yo`q! Miyaning 85 foizi suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan (kichik shisha idishda) suv ichish zarur. Agar suv ichmasa, tana g`ayriixtiyoriy harakatlar (yo`tal, aksa urish, stulni qimirlatish, stolni surish kabi harakatlar) qila boshlaydi. O`qituvchiga boladagi noqulaylik zohir bo`ladi.

7. Nonushta qilmaslik ham yaxshi emas. Aniqlanishicha, nonushta qilmaydigan kishilarda qondagi shakar miqdori pasayib ketadi. Bu esa miya hujayralariga etarlicha ozuqa etib bormasligini keltirib chiqaradi va hujayralarning parchalanishiga sabab bo`ladi. Fast-fudlardan ehtiyot bo`lish lozim.

8. O`quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o`qitish samarali natijaga olib kelmaydi.

9. Bolalarga bolalarcha tabiat bilan yashashga imkon bermaslik va ularni darsga ko`mib yuborish mumkin emas. Bolalarda devorga yozish – bu ularning yoshlik chog`larida erkin yozishga imkon bermaslik natijasidir.

10. Bolani dastlabki bosqichda xatini (yozuvini) kichik yozishga majburlash yaxshi emas. Katta yozuv o`ziga ishonchlilik va erkinlik belgisi hisoblanadi. Agar yozuv kichik bo`lsa, buning ma'nosi ana shu ikki sifat (o`ziga ishonch va erkinlik)ning yo`qligidir.

 

To Top ↑
To Top ↑