Universitetlarning imtihon natijalari e'lon qilinganida e'tiborni tortadigan bir jihat bor. «Talaba qizlarning imtihon topshirishdagi muvaffaqiyati» har yili erkaklarnikidan yuqori. Bu faqat bizning davlatimizdami? Agar butun dunyoda shunday bo`lsa, nega qizlar ko`proq muvaffaqiyat qozonishadi? Va nima uchun qizlar maktab hayotidagi ushbu muvaffaqiyatni hayot maktabida saqlab qolishda qiynaladi?
N'yu-Brunsvik universitetining psixologiya professorlari Daniyel va Syuzan Voyer «O`g`il bolalar muvaffaqiyatliroqmi yoki qizlar?» deya qizikib qolishdi. Ular 30 xil davlatdan kelgan 1 milliondan ortiq erkak va kiz talabalarning imtihon baholarini tahlil qilishdi. Ularning ushbu tadqiqoti Germaniyadan Kanadagacha, Saudiya Arabistonidan Singapurgacha bo`lgan juda keng geografik mintaqani qamrab oldi.
Tadqiqotchilar 1914 yildan 2011 yilgacha o`tkazilgan 369ta tadqiqotni sinchiklab o`rganib chikishdi. Ular o`rta maktabning boshlang`ich va yuqori sinf o`quvchilari hamda kollej darajasidagi o`quvchilarni kuzatishdi. Ishonchli bo`lmagan o`quvchilar anketa so`rovlaridan chetlashtirildi.
Sizningcha, maktabda qizlar yaxshiroq o`qiydimi yoki o`g`il bolalar?
Tadqiqot yakunida savolga o`rin qoldirmaydigan aniq natija ko`rindi. Tajriba o`tkazilgan barcha mamlakatlarda barcha fanlar bo`yicha qizlar o`g`il bolalardan ustun!
Qizlarning eng yuqori ko`rsatkichlaridan biri bu til bilishidir. Eng oz darajada farqlangan soha bu matematika, biroq qizlar matematikada ham muvaffaqiyatli. Demak, «erkaklar fan va matematikada a'loroq» degan fikr shahar afsonasi!
Ho`sh, nega qizlar maktabda yaxshi o`qishadi? Bir nechta tadqiqotlar natijalarini diqqat bilan ko`rib chiqish qizlarning muvaffaqiyat siri haqida ma'lumot berishi mumkin:
Tadqiqotlarning birida bog`cha bolalarining diqqatni jamlashi, ko`rsatmalarga rioya qilishi, uy vazifasini bajarishi, tartiblilik kabi ko`nikmalari solishtirildi. Qizlar o`z-o`zini tartibga solish buyicha o`g`il bolalardan 1 yil oldinda.
Psixologiya professorlari Martin Seligman va Anjela Li Dakvortlar o`rta maktabda qizlar o`z-o`zini tarbiyalashda o`g`il bolalardan ustun turishini aniqladilar. Ularning aniqlashicha, qizlar imtihondagi savollarga borishdan oldin yo`riqnomani diqqat bilan o`qiydilar, o`qituvchini darsda diqqat bilan tinglaydilar, televizorni kamroq tomosha kiladilar va uy vazifasini ko`prok bajaradilar, tafsilotlarga ko`proq e'tibor beradilar va zerikishlariga qaramay uzoq muddatli uy vazifalarini bajarishda qat'iyatlidirlar. Bundan tashqari, kizlar kunduzi, o`g`il bolalarga qaraganda,
uy vazifalarini erta bajarishlarini va uy vazifasi uchun ulardan 2 baravar ko`proq vaqt sarflashlarini aniqladilar. Hulosa qilib aytganda, qizlarning muvaffaqiyati nasldan naslga o`tuvchi meros emas, balki sof peshona teri evazigadir!