x

Farzand tarbiyasiga, oilaga vaqt ajratgan, doim yaxshi muomala qilib, yaxshilikka chakirgan kishilar ham bolalarida ba'zi salbiy jixatlarni ko`rsa, qayerda xato qilyapman deb o`ylab qoladi. Endi biz oilaga vakt ajratmay, bolalarga tarbiya bermay ulardan nima kutishimiz mumkin?!

Oilasiga, farzandlarining tarbiyasiga vakt ajratmaydigan, ayoliga qo`pol muomala qiladigan, urishib, so`kadigan erkak, mening nazdimda, ummatning eng yomonlaridandir. Chunki Rasulullox sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz ahliga yaxshilaringizdir», - deganlar.

Oxiratda ular oldidagi mas'uliyatimiz uchun javob borligini unutmaylik! Oiladagi erkakning vazifasi fakat ta'minot emas. O`z majburiyatlarimizni to`liq o`rganib, ado qilaylik.

Farzand tug`ilmasidan avval, uning tarbiyasi uchun lozim bo`lgan ishlar:

unga munosib ota yoki ona tanlash; solih-soliha zurriyot so`rab duo kilish;

– xomila chog`idayok unga e'tibor kilish;

– tarbiya ilmini o`rganish;

– o`zni islox qilib, go`zal namuna bo`lishga tayyorgarlik.

Er-xotin ota-ona bo`lgach, ota-onalari bergan tarbiyani bir bor ko`zdan kechirsin...

Ular ham inson, ba'zi joylarda xato-kamchiliklarga yul quygan bo`lishlari mumkin. Shularni xisobga olib, o`zingiz va farzandingizni tarbiyalayotganingizda hamisha «Shu qilayotgan ishim to`g`rimi?» deya savol bering...

Savollarga javob topish uchun esa kuprok kitob o`qing! Juda topa olmagan takdiringizda axli ilmlardan so`rang. Muhimi, xech kachon to`xtab kolmang, chunki izlanishdan to`xtagan kishi fakatgina orkaga ketadi...

 

To Top ↑
To Top ↑