Tarbiya bu — insonlarni bilimli kilish, rahbarlik kilish, yo`l ko`rsatish, shakllantirish, odatda xamir kabi qorib shakl berish faoliyatidir. Eng kiyin, eng ko`p sabr talab kiladigan ish. Ammo xafa bo`lib aytamanki, hamma muallim ham bu muqaddas ishni etarlicha qilayotgani yuk. Sabr va tahammul hududlari juda tordir. Buning boshka bir tomoni esa, bolalarga qarshi shiddat va kaltakning qo`llanishidir.
Tarbiyada kaltak asrlardan beri tortishib kelingan va bu haqda salbiy va ijobiy fikrlar aytilgan. Bugungi kunda tarbiyachilarning katta bir qismi kaltak shiddatni rad qiladi va ba'zi o`tmishi bilan muammoli bo`lgan tarixchi, muallimlar, asosan, Usmonlining ta'lim tizimida shiddatning borligini himoya kiladi.
Ta'limda tayoq, albatta, mashru bir usul emas, bo`lmasligi ham kerak. Ammo bu ta'lim tizimida umuman jazo bo`lmasin degani ham emas. Har bir sistemaning o`ziga yarasha jazo va mukofot choralari bordir.
Avvalo, kaltak, o`quvchining ruhini sindiradi. Ulg`ayishiga mone' bo`ladi. Insonlar bilan bo`ladigan munosabatlarini buzilishiga yo`l ochadi.
Muhammad Kutub shunday deydi: “Ta'lim xassa bilan boshlanmagani kabi, tarbiya ham jazo bilan boshlanmasligi kerak”.
Said Chamlija