x

Farzanddan oldin uning onasini tarbiyalash kerak. Shuning uchun otaning bolalariga kiladigan eng birinchi yaxshiligi ularga munosib ona tanlash ekani aytilgan.

Farzand tarbiyasi unga ona tanlashdan boshlanadi deyiladi. Ota tanlash ham xuddi shunday! Farzandimizga kilgan eng katta yaxshiligimiz, eng yaxshi tarbiyamiz solih bo`lishimizdir.

Ma'lumki, ota-ona bolasining kelajagini u tug`ilishidan oldin uylay boshlaydi. Bu uning uchun munosib ota yoki ona tanlash bilan boshlanadi. Shunday ekan, oila bo`lib yashagandan keyin farzand tugilishi siz uchun oddiy hol bo`lmasin. Maksad bilan farzand dunyoga keltiring. Yaxshi inson, buyuk inson bo`lishi, odamlarga manfaati tegadigan, dunyoni o`zgartiradigan inson bo`li- shi uchun farzandli bo`ling. Farzand faqatgina bir onlik lazzatning natijasi bo`lib kolmasin. Farzand ko`rishga ham jismonan, ham ruhan tayyor bo`lib, keyin farzandli bo`ling. Bo`lmasa, sho- shilmang. Ummatni ko`paytirish kerak degan xayolda «bola yasab» tashlayvermaslik kerak. Bizga xakikiy ummat bo`ladigan farzandlar kerak. Buning uchun oila kurishdan oldin o`zingizni islox kilib, tayyorlanib boring va keyin ham bu davom etadi.

Oilasiga, farzandlarining tarbiyasiga vakt ajratmaydigan, ayoliga ko`pol muomala qiladigan, urishib, so`kadigan erkak, mening nazdimda, ummatning eng yomonlaridandir. Chunki Rasululloh sollalloxu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz ahliga yaxshilaringizdir», - deganlar.

 

G`iyosiddin Yusuf

“Tarbiya-chi?kitobidan

To Top ↑
To Top ↑