Bola ovqat eyishni xohlamasligi ota-onasini xavotirga solayotganini sezadi va uni bog`chadan ertaroq olib ketishlarini xohlaydi. Bu odatda oiladan kimdir, masalan, buvisi, bola bilan uyda o`tirish imkoniyatiga ega bo`lganida sodir bo`ladi. Bog`chadan chiqishning, ya'ni uyga ketishning yagona yo`li — tartib-qoidalarga rioya qilmaslik. Axir, ovqat emagan bolaga tarbiyachilar uyga ruxsat berishi va u o`zi istagan kishisi bilan vaqt o`tkazishi mumkinligini sezib turadi.
Uydagi nonushta. Bolasidan xavotir oladigan ota-onalar ko`pincha bog`chaga ketishdan oldin uni yaxshilab ovqatlantirishga harakat qilishadi. Natijada, bola bog`chada qorni to`q yuradi, och qolishga vaqt topolmaydi. Natijada u bog`chada ovqatlanishdan bosh tortadi. Bola uchun uydagi shirin nonushta va mazali taomlardan tanovul qilish ilinjida bog`chadagi ovqatlardan voz kechish yaxshiroqdir. Agar farzandingizni uyda ovqatlantirmoqchi bo`lsangiz, unga qatiq yoki meva berganingiz maqsadga muvofiq bo`ladi.
G`ayrioddiy ovqatlanish. Ko`p bolalar turli-tuman konserva mahsulotlarini yoqtirishadi. Bolalar bog`chasining taomnomasi esa aksariyat hollarda uydagi ovqatlardan tubdan farq qiladi. Ota-onalar bu farqni imkon boricha yo`qotish uchun uyda farzandini don mahsulotlari, sho`rva va sabzavotu vitaminlarga boy ovqatlar bilan taomlantirishlari darkor. Agar bolakay biror mahsulotni (masalan, sutni) mutlaqo emasa, tarbiyachilardan farzandini sutli mahsulotlarni eyishga majburlamasliklarini so`rang. Vaqt o`tishi bilan, bola bog`chasidagi boshqa tengdoshlariga taqlid qilib, bu taomlarni o`z-o`zidan eya boshlaydi.
Mavsumga qarab ovqatlanadigan bolalar. Bog`chada kimdir qishda ko`proq ovqatlana boshlaydi, kimdir esa aksincha, bu faslda deyarli hech narsa emaydi, holsiz va kamharakat bo`lib qoladi. Yozda ham shunday holat kuzatiladi: kimdir issiqda deyarli qimir etmaydi va hech narsa emaydi, faqat suv ichadi, kimdir aksincha, qo`yib bersangiz, har soatda ovqatlanadi.
Ho`sh, bu vaziyatda mutaxassis nima deydi?
— serharakat bo`lish, ochiq havoda qiziqarli o`yinlar tashkil etish, aqliy faoliyat, tengdoshlar bilan muloqot – ishtahani «qo`zg`atish»ning eng yaxshi usuli.
— agar bola bolalar bog`chasida yoki uyda ma'lum ovqatlarni iste'mol qilmasa, mutaxassislar quyidagi sxemadan foydalanishni maslahat berishadi: mahsulotni har oy tanaffus bilan o`n martagacha unga taklif qilish. Masalan, bolangiz sabzini xushlamaydi. Unga sabzi taklif qiling. Tabiiyki, farzandingiz uni rad etadi. Ma'lum tanaffusdan so`ng unga sabzi va kartoshka pyuresini aralashtirib berib ko`ring. Siz o`ntagacha bunday urinishlar qilishingiz va farzandingizga tarkibida sabzi bo`lgan turli taomlarni taklif etishingiz mumkin. Albatta, orada ma'lum vaqt tanaffuslar bilan, qayta-qayta urinishga erinmang. Unutmang, ba'zi mahsulotlarning ozuqaviy qiymati deyarli bir xil bo`ladi. Shuning uchun bola yoqtirmaydigan narsaning «analog»ini sinab ko`rishingiz ham mumkin.
— Bola balansli besh mahal ovqatlansayu, ammo nonushtadan bosh tortsa, xavotirga hojat yo`q. Bu aslo qo`rqinchli emas. Chunki u tushlikkacha shubhasiz och qoladi va biror narsa eydi. Qachonki, bola bog`chasida umuman hech narsa emasa, oqibatda uning ahvoli yomonlashayotganini sezsangiz (sochlari to`kiladi, terisi quriydi, axlati buziladi, kuchli vazn) zudlik bilan mutaxassisga uchrashing. Bu biror kasallikning alomati yoki muhim mikroelementlarning etishmasligidan bo`lishi mumkin.
Bola bog`chasida ovqat emaydi: tarbiyachi nima qilish kerak?!
Bolalarning jismoniy faolligi ularning qorni to`qligi bilan chambarchas bog`liqdir. Bog`chadagi mashqlar nonushta oldidan o`tkazilishi bejiz emas. Ammo mashg`ulotlar paytida ba'zi bolalar o`zlarini sust va holsiz tutadilar, harakat qilishdan bosh tortadilar. Bu vaziyatda tarbiyachining vazifasi - har bir bolani qiziqtirish, qiziqtira olishdir.
Agar mashqlar barcha guruhlar uchun bir vaqtning o`zida o`tkazilsa, qaytganingizdan so`ng xonangizda ham qo`shimcha dars o`tkazishingiz mumkin: raqs, chayqalish, bo`lajak spektaklni takrorlash va hokazo.
Bolani ovqatlanishga qiziqtirishni turli o`yinlar bilan amalga oshirsa ham bo`ladi. Masalan, siz: «Shunday qilib, bolalar, biz poyezdlarni yuklaymiz (ular qoshiqqa ovqat olishadi) va tunnelga olib boramiz (og`ziga qoshiq solamiz)». Siz bolalarni kelajakdagi o`yin uchun qiziqtira olasiz. Masalan, nonushtadan keyin ularning hammasi uy hayvonlariga sayohatga borishini va'da berishadi va hamma yaxshi ovqatlangach, ularga mushuk, it, sigir, echki, quyon rasmlarini ko`rsatib, ular haqdagi qiziqarli ertaklardan aytib bering.
Bolalarga ovqat tayyorlanadigan oshxonani ko`rsating, oshpazlar bilan tanishtiring. Shunday qilib, tashvish va stress yo`qolishi mumkin. Plitkada nima borligi haqida gapiring. Agar u ovqatining hammasini eb qo`ysa, ota-ona qaytib kelganda o`g`lini yoki qizini qanday maqtashini ayting. Lekin ovqat eyishga aslo majburlamang, baqirmang, tanbeh bermang. Yaxshisi, bolaning ota-onasidan ovqatdan bosh tortishining sababini so`rang, ota-onaga farzandi bilan tushlik, nonushta va kechki ovqatning ahamiyati haqida gaplashishni tavsiya eting.