x

Ba'zilar nima uchun o`ynayotgan bolalarga ogohlantirish beraveradi, cheklovlarni qalashtirib tashlaydi yoki biroz g`alati eshitilsada, tahdid qiladi.

– Baqirmasdan o`yna, boshimni og`ritib yubording!

– Nega hamma joyga o`yinchoqlaringni sochib tashlading, yig`ishtir!

– Qo`llaring buncha kir, toza o`yna. To`g`ri kelgan narsani ushlayverma!

– Shuncha o`ynaganing etadi, bo`ldi endi!

 

Olimlarning ta'lidlashicha, shu kabi qo`pol muomala va bolani hamma erkinliklardan cheklayverish hissiy kasalliklarga olib keladi!

 

O`yin – bu bolalarni o`z muammolarini hal qilishga, istaklarini nazorat qilishga, his-tuyg`ularni boshqarishga, muammolarga turli nuqtai nazardan qarashga o`rgatishning tabiiy usuli. Bu ko`nikmalarni egallashning boshqa yo`li yo`q. Shuning uchun bolaning o`yinga ko`p vaqt sarflashi juda muhimdir. Uni o`yinlardan cheklayvermang.

 

(Eslatib o`tamiz, bu erda turli qo`poruvchilik, bosqinchilik kabi sahnalari mavjud bo`lgan jangari o`yinlar nazarda tutilmayapti. Bu turdagi o`yinlar farzandingiz ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi.)

 

Shunchaki farzandingizning nima o`ynayotganini nazoratingiz ostiga oling. Agar u xohlagan o`yin uning salomatligi, ruhiy holati yoki jamiyatdagi o`rniga ta'sir qiladi deb hisoblasangiz, buni bolaning o`ziga tushuntirib, to`g`ri tomonga yo`naltiring!

To Top ↑
To Top ↑