x

Bugun istalgan bog`chaga kirsangiz bolalarni televizor oldidan topasiz. Ularga qo`yib berilayotgan mul'tfil'mlarning ahvoli esa achinarli. Balki shundandir 2‑7 yoshdagi o`g`il‑qizlarning ko`zlari g`amgin, xayollari parishon. Bunga kim aybdor? 

Birinchi aybdor, mul'tfil'mlar. Masalan, “Qizaloq va Maymoq” mul'tserialini olaylik. Bosh qahramon yolg`iz yashaydi, chunki Qizaloq ‒ o`ldirilgan qizning ruhi. Shuning uchun ham u o`smaydi va faqat hayvonlarga ko`rinadi. Qizaloq Ayiqni tinimsiz qiynaydi. Chunki Ayiq qizchani eb qo`ygan bo`ladi. Bu mul'tfil'm “ota‑onasiz ham baxtli yashash mumkin” degan g`oyani targ`ib qiladi. 

 

“Minionlar” mul'tfil'midagi bir yo ikki ko`zli sariq maxluqchalarning kichik bo`ylari ortida esa katta buzg`unchi g`oyalar turibdi. Masalan, ular aniq erkak yo ayolga bo`linmaydi. O`zlari istagan vaqtda, istalgan jins xarakteriga kira oladi. Ular faqat yovuz odamlarga xizmat qiladi, har qanday buyruqni o`ylab o`tirmay ado etadi. 

 

Ikkinchi aybdor esa ularga raqobat qila oladigan milliy mul'tfil'mlarni yaratish ustida ishlamayotgan mas'ullar. O`zi O`zbekistonda mul'tfil'mlar haqida kimdir, qaysidir tashkilot o`ylaydimi? "O`zbekmul'tfil'm" otlig` davlat unitar korxonasining bor-yo`qligi ham bilinmay ketganiga ancha bo`ldi.

Uchinchi aybdor, farzandi, tarbiyalanuvchisiga befarq kattalar. Siz bugun bolangizga nimani qo`yib bersangiz ertaga o`shani o`zingizga ko`rsatadi.

Bir qarab qo`ying, bolangiz nimani ko`ryapti?

Otabek Bakirov

To Top ↑
To Top ↑