x

«O`zbekiston temir yo`llari» matbuot xizmatining xabar berishiga ko`ra, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yuk poyezdi ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi.

Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat 15:18 da Chinoz bekatida ikki bola — M.I. (2013 yilda tug`ilgan) va B.B. (2012 yilda tug`ilgan) poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olgan. Havfli harakatlar natijasida ular kontakt tarmog`ining elektr ta'minoti kuchlanishidan tan jarohatlari olishgan.

Ikkala bola ham darhol kasalxonaga yotqizilgan. Biri 20 foiz, ikkinchisi esa, 80 foiz tana kuyishi bilan jarohatlangan.

Ta'kidlanishicha, ushbu baxtsiz hodisa bolalarning ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga tushishi va ko`proq «layk» olishni maqsad qilgani oqibatida yuz bergan.

 

To Top ↑
To Top ↑