Toshkent shahri Chilonzor tumani 20 mavzeda yashovchi fuqaro o`z ayolini bo`g`ib o`ldirdi. Bu haqida Milliy telekanalining Millar dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, holat 2022 yil oktyabr' oyida sodir bo`lgan. Sudlanuvchining ma'lum qilishicha, u chiqindixonada ishlab kelgan va janjalga sabab ayoli unga o`sha joyda ishlashini aytib haqorat qilgani sabab bo`lgan. Marhuma onasining aytishicha, tug`ilajak farzandlar qiz farzand bo`lgani sabab janjal kelib chiqqan. U 15 oktyabr' kuni farzandli bo`lishi kerak bo`lgan, 12 oktyabr' kuni vafot etgan.
Sudlanuvchining aytishicha, ayolni bo`g`ganidan so`ng hushidan ketdi deb o`ylagan. U o`zini boshqara olmagani, faqatgina janjalgacha bo`lgan holatni eslay olishini ma'lum qilgan. Ayol o`z vaqtida shifoxonaga olib borilmagani sabab bolalarni ham asrab qolish imkoni bo`lmagan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o`tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a'zo bo`ling.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi «b» bandida (Homiladorligi aybdorga ayon bo`lgan ayolni qasddan o`ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.