Antikorrupsiya agentligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi faoliyatining reytingini e’lon qildi
Oliy ta’lim vazirligi va Andijon viloyati hokimligi eng qoniqarsiz deb baholandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 95 ta davlat tashkilotining 2023 yil natijalari bo‘yicha, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholadi.
Natijaga ko‘ra, 42 ta tashkilot faoliyati “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratildi.
Reyting bo‘yicha to‘plangan ballarga ko‘ra, vazirliklardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hududiy hokimliklar bo‘yicha Andijon viloyati eng qoniqarsiz deb topildi.