x

2023-yilning 7-oktyabrida boshlangan Isroil va Falastin o'rtasidagi urush 32 mingdan ortiq kishining umriga zomin bo'ldi. Ularning aksariyati ayollar va bolalar ekani kishini yanada qayg'uga soladi.

Ramazon oyi boshlanishidan avval g'azolik bolalar ushbu muborak oyda urushni vaqtincha to'xtatib turishni so'rab namoyish o'tkazishgandi. Shunga qaramay, Isroil o't ochishdan to'xtamaslikka qaror qildi.

Biroq falastinliklar baribir Ramazonni ko'tarinki ruhda o'tkazishga intilishmoqda. Ular o'zlari yashayotgan lagerlarni turli chiroqlar bilan yoritib, ramazon bezaklarini o'rnatib olishgan. 

Lagerda jon saqlayotganlardan biri bo'lmish Shahad ismli bola BMTning G'azodagi muxbiriga yuzlanar ekan, ular har yili ramazonni o'z uylarida, oila davrasida o'tkazishlarini, bu yil esa hammasi boshqacha bo'layotganini ta'kidlagan.

Ana shu lagerlardagi Amira ismli ayolning aytishicha, qayg'u, yo'qotish, oila va yaqinlaridan uzoqlashishga qaramay, ular o'zlari muqaddas oyni nishonlashga qaror qilishgan.

Ma'lum qilinishicha, ayrim kishilarda saharlik qilish uchun oziq-ovqat taqchilligi mavjud. Shunga qaramay falastinliklar o'zlarida bor pul va oziq-ovqat evaziga yurtdoshlarining ro'za tutishiga ko'maklashmoqda.

To Top ↑
To Top ↑