x

Ijtimoiy tarmoqda kichik sinf o‘quvchisini o‘qituvchi tomonidan kaltaklanayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati mazkur holat Xonqa tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lganligini ma'lum qildi.

Shuningdek, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan. Unga ko'ra, o'quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonova esa bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan kuzatuv olib borishini ta'kidlagan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Xorazm viloyati Xonqa tumani 36-sonli maktabning boshlang‘ich ta’lim sinf “Mehnat fani” o‘qituvchisi M.A. joriy yilning 23-fevral kuni o‘zi ishlab kelayotgan 36-sonli maktabda 1 “A”-sinf o‘quvchilari (2016-yilda tug‘ilgan) Gʻ.O.(qiz bola), Yu.A. va D.B. (o‘g‘il bolalar)ni dars paytida nazorat ishlarini to‘g‘ri bajarmaganliklari vaji bilan kaltaklagan.

To Top ↑
To Top ↑