x

Gʻazo sektori shimolidagi 2 yoshgacha boʻlgan har olti boladan biri ocharchilikka duch kelmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) hisobotida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, bu eksklav shimolidagi bolalarning 15,6 foiziga toʻgʻri keladi. Ularning 3 foizi butunlay holdan toyganligi sababli shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj.

“Gʻazo janubidagi Rafah shahrida oʻtkazilgan xuddi shunday tadqiqot, u yerdagi 2 yoshgacha boʻlgan bolalarning 5 foizi ogʻir toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotganini koʻrsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Hisobotda, tezkorlik bilan mintaqaga gumanitar yordam yoʻlini taʼminlash, shuningdek, Rafahga keyingi hujumlarning oldini olish zarurligi taʼkidlangan.

To Top ↑
To Top ↑