x

Save the Children tashkilotining yangi tahliliga ko’ra, o’tgan yili dunyodagi 10 milliondan ortiq bola o’z uylarii  tashlab ketishga majbur bo’lgan.

Ayni vaqtda jahon miqyosida ko’chirilgan bolalar soni 50 milliondan ziyod. Bu tarixdagi eng yuqori ko’rsatkich bo’lib, 2013-yildan buyon ushbu statistika 2 barobarga oshgan. Boshqa manbaalar bergan xabarlarga ko’ra, avvalgi yilda qo’shimcha 29.000 bola o’z vatanini tashlab ketish yoki qochishga majbur bo’lgan. Sudan va Somalida yashovchi 18 yoshgacha bo’lgan bolalar ko’chirilishdan eng ko’p zarar ko’rdi.  

“Uyini tark etishga majbur bo'lgan bola, ehtimol, hech qaysi tengdoshlari ko’rmagan qiyinchilik va daxshatlarga duchor bo’lgan bo’lsa-da, ularni yengib o'tishga majbur bo’ladi”, – deydi Save the Children vakili.

Mutaxassislarning aytishicha, ko’chirilgan bola – deyarli hamma narsasini yo’qotadi: sog’liqni saqlash, ta’lim, oziq-ovqat, xavfsizlik va boshqalar. Shu bilan bir qatorda ular odatda haddan ziyod zo’ravonlikka duch kelishadi.

NNT tashkiloti xalqaro hamjamiyatlarni bolalar haqida qayg’urishga chaqirdi.

To Top ↑
To Top ↑