Novosibirskda yashovchi 22 yoshli qiz 15-fevral kuni farzand dunyoga keltiradi. Biroq homilador bo'lib qolganini ota-onasidan yashirish uchun tug'ilgan bolasini axlat qutisiga tashlab ketadi. Bu haqida uning o'zi tan olib, ma'lumot bergan.
Bola dunyoga kelgan kunning ertasiga ertalab yosh ona chaqaloqni ko'rpachaga o'rab, uyi yaqinidagi axlat qutisiga tashlab ketadi. 2 soatdan keyin qo'shnilardan biri chaqaloqni topib oladi va uni o'z uyiga olib borib, shifokorlarni chaqiradi.
Ikki soat axlat qutisida qolib ketgan bola umumiy gipotermiya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ayni paytda uning ahvoli qoniqarli ekani bildirilgan.