x

Toshkent viloyati Chinoz tumanida 7-sinf oʻquvchisining boshini bir necha bor devorga urib, jarohatlagan oʻqituvchiga jinoyat ishi ochildi.

Qayd etilishicha, 15-fevral kuni Bolalar ombudsmaniga ijtimoiy tarmoq orqali maktab oʻquvchisi oʻz oʻqituvchisi tomonidan kaltaklanib, shifoxonada yotgani aks etgan video kelib tushgan. 

Holat oʻrganilganda, 11-fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi A.S. 7-sinf oʻquvchisi, 2010-yilda tugʻilgan M.S.ning boshini devorga bir necha bor qattiq urib, unga jarohat yetkazgani aniqlangan. Oqibatda bola bosh qismi sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismiga (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov olib borilayotgani aytilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑