Angliyada Isroil-Falastin urushiga qarshi norozilik sifatida noodatiy namoyish bo’lib o’tdi. Unda Bornmut plyaji bo’ylab 5 kilometr masofaga bolalar kiyimlari sochib qo’yildi. Norozilik namoyishidagi ushbu harakatlar urushda halok bo’lgan 11 000 nafar bolalarni xotirlash uchun amalga oshirildi.
Xabarlarga ko’ra, namoyish faollari 11 mingdan ziyod bolalar kiyimlaridan foydalanishgan hamda uni yoyib chiqish uchun 80 kishidan ortiq jamoa 5 soat vaqt sarflagan.
Ma’lumot o’rnida, Isroil tinch aholi qurbon bo’lishini oldini olishga harakat qilayotganini va eavkuatsiya bo’yicha buyruq berilishini aytgan bo’lsa-da, bugungacha Falastinda 11 500 dan ortiq bola halok bo’lgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 20-dekabr kuni Gollandiyada falastinlik bolalarni xotirlash uchun 8000 juft poyabzal namoyishi o'tkazilgan edi.