x

7-oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil hujumlari ostida bazo’r kun kechirayotgan falastinliklarga endi qishning sovuq kunlari ham rahna solmoqda. Oziq-ovqat yetishmovchiligi, hayotiy ehtiyojlardan butkul to’sib qo’yilishidan zaiflashib qolgan aholi hozirda havo haroratining pasayishi tufayli yanada og’ir ahvolga tushib qolgan. Qattiq sovuqqa qaramay chodirlarda yashashga harakat qilayotgan, ko’chirilgan aholida ko’rpa-to’shak yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

4 oydan beri Isroil qirg’inlariga chidagan g’azolik bolalar kechalari yopinish uchun o’zlarining kiyimlaridan foydalanmoqda. Achinarlisi, ularda kiyim-bosh ham ko’rpalar kabi taqchil holatda turibdi. 

“Haddan tashqari sovuq tufayli biz bolalarimizni isitish uchun qo’limizdan kelganini qilmoqdamiz. Bizda kiyim va ko’rpa-to’shak yetishmayapti. Hozirgi sharoitimiz juda og’ir, yog’ayogan kuchli yomg’irlar buni battar qiyinlashtiradi. Chodirlarimizni suv bosmoqda, farzandlarimiz qishki kasalliklarga chalinib, qattiq sovuqdan aziyat chekmoqda”-, deydi ota-onalardan biri.

11 yoshli bolalardan biri: “Bu yer juda sovuq.Isinish uchun o’tin va brglarni yoqishdan boshqa ilojimiz yo’q” ,- deya ta’kidladi.

To Top ↑
To Top ↑