2023-yilning 7-oktyabr sanasida Isroil va Falastin o’rtasida boshlangan urush qurbonlarining yangi statistikasi e’lon qilindi. G’azo hukumati taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, 108 kundan beri davom etayotgan Isroil qirg’ini natijasida jami 63 ming kishi yaralangan. 25,925 kishi hayotdan ko’z yumgan. Vafot etganlarning 7,500 nafari ayollar, 11,000 nafari esa bolalarni tashkil etmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yer yuzida bo’lib o’tgan urushlarda qisqa muddatda bunchalik ko’p bola qurbon bo’lganini tarix ko’rgan emas.
G’azo aholisining aytishicha, hududda mutlaqo xavfsiz joyning o’zi qolmagan. Qariyb 3 yarim oydan buyon davom etayotgan genotsid oqibati bo’lmish tamoman yo’q qilinayotgan binoy-u inshootlar, begunoh qurbonlar, ayniqsa, ularning asosiy qismi va isroil harbiylarining asosiy nishoni bolalar va ayollar bo’layotgani achinarli hol va butun tashvishga solmoqda.
Bundan tashqari, berilgan ma’lumotlarga ko’ra, 70 ming turar-joy binolari, 140 ta hukumat muassasalari, 161 ta masjid, 99 ta maktab va universitetlar Isroil hujumlari tufayli butunlay yo’q qilingan. Shu bilan bir qatorda, 290 mingta uy, 295 ta ta’lim muassasasi, 92 ta masjid va 3 ta cherkovga talafot yetgan. Ushbu statistikalar kun sayin ortib bormoqda.
Eslatib o’tamiz, ushbu urushning 100 kunligida 10 000 bola o’ldirilgani haqida xabar bergan edik.