Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining xabar berishicha, G’azoda har kuni o’rtacha 180 ta homilador ayol Isroilning hujumlari ostida, butunlay noqulay sharoitlarda farzandlarini dunyoga keltirishga majbur bo’lishmoqda. Chunki, qamalda qolgan hududlar, tez yordam mashinalariga qilinadigan to’sqinliklar tufayli shifoxonalarga yetib borishning imkoni yo’q.
BMTning Falastin bo’yicha vakili onlayn matbuot anjumanida bergan bayonotiga ko’ra, urush boshlangan kundan buyon G’azoda 18 ming bola tug’ilgan. UNFPA hududni yetarli ta’minot bilan ta’minlay olmayotgani va shifoxonalardagi vaziyat og’irligi ham ta’kidlangan.
Falastin SSVning 1-yanvardagi ma’lumotlariga ko’ra, G’azoda 45 000 homilador va 68 000 emizikli ayol o’lim bilan yuzlashmoqda. Ularda kuzatilayotgan kamqonlik, qon ketish kabi kasalliklar, bir tomonda suv va ovqat tanqisligi, zararlanib borayotgan atmosfera, tobora cheklanayotgan tibbiy yordam va shifoxonalar bo’lajak ona va bolalar hayoti jiddiy xavf ostida ekanligidan dalolat beradi.
SSV voizi Al-Qudra vaziyat murakkabligini ta’kidlab, BMTga tegishli tibbiy tashkilotlarni yordam berishga chaqirgan.