x

Falastinlik bolalarning to’yib ovqatlanmasligi, zarur ehtiyojlardan to’sib qo’yilishi ularga bir umr salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin deya ogohlantirmoqda Save the Children.

Isroil zo’ravonliklari tufayli qamalda qolayotgan G’azoning 1 million bolalari to’yib ovqatlanish hissini unutmoqda. Besh yoshgacha bo’lgan qariyb 335 000 bola ochlikdan o’lish xavfi ostida yashamoqda.

Hududda joylashgan bozorlardan zarur oziq-ovqat mahsulotlarini topish tobora qiyinlashayotgani ham xabarda aytib o’tilgan. Do’konlarning 3/2 qismida zarur mahsulotlar, jumladan un, sut, tuxum mahsulotlari tugab qolgan. Rafah shahrida yashovchi bir oilaning aytishicha, ularning farzandlari och holatda uyquga ketmoqda. Chunki, gazsiz biron narsa tayyorlashning imkoni yo’q. 

G’azoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari asosan o’tish chegara-punkti yaqinidagi aholiga tarqatilmoqda. Qo’shni shaharlarga esa taqsimotlar kamdan-kam yetib boradi. Hattoki shimol mintaqada yashovchi aholi bunday yordamlardan butunlay uzilgan. 
Tobora avj olayotgan shu kabi ko’plab muammolar, endigina rivojlanayotgan bolalarning kelgusida hayotiga, salomatlik va immun tizimiga bevosita zarar yetkazishi ta’kidlanadi, xabarda.

Eslatib o’tamiz, kuni kecha UNICEF tomonidan G’azo bolalari uchun jo’natilgan tibbiy yordamlar mamlakatga yetib kelgan edi.

To Top ↑
To Top ↑