Gʻazo hukumati matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlarida, 90 kun davomida 9 ming 730 bola va 6 ming 830 ayol hayotdan koʻz yumgani bildirildi.
Gʻazoda 70 foizi ayollar va bolalar boʻlgan 7000 kishi vayronalar ostida yoki bedarak yoʻqolgan, shifoxonaga yetib borgan jasadlar soni esa 22 ming 438 nafarni tashkil qilmoqda. Undan 57 ming 614 kishi jarohatlangan.
Isroil armiyasi hozirgacha Gʻazoda 326 tibbiyot xodimini oʻldirgan.
7-oktyabrdan beri Isroil tomonidan Gʻazoga uyushtirilgan hujumlarda 106 jurnalist hayotdan koʻz yumgan.
Shuningdek, 2,3 million aholiga ega Gʻazo sektorida 99 nafar sogʻliqni saqlash xodimi va 10 nafar jurnalist qoʻlga olingani, 1,9 million kishi esa uy-joyini tark etgani aytilmoqda.
Koʻchirilgan falastinliklar boshpana topgan gavjum turarjoy markazlaridagi sharoitlar juda yomon. Shu boisdan ichki koʻchirilganlarning 355 ming nafarida yuqumli kasalliklar qayd etilgan.