x

G`azo sektorida har soatda ikki ayol, har ikki soatda etti nafar ayol halok bo`lmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibining ayollar bo`yicha o`rinbosari Sima Sami Baxus ma'lum qildi.

“7 oktyabrdan beri halok bo`lgan tinch aholi soni so`nggi 15 yildagidan ikki baravar ko`p. Hozirda G`azo sektorida halok bo`lgan 14 mingdan ortiq odamning 67 foizi ayollar va bolalar ekanligi taxmin qilinmoqda. Har soatda ikki ona, har ikki soatda etti nafar ayol o`ldirilmoqda. Ayollar va qizlar mojaroga eng ko`p tovon to`lamoqda", deydi Sima Sami Baxus.

Uning so`zlariga ko`ra, har kuni 180 dan ortiq ayol suvsiz, og`riq qoldiruvchi, behushlik va dori-darmonlarsiz tug`ishga majbur bo`ladi, ammo ular bolalar va qariyalarga ham g`amxo`rlik qilishda davom etishadi.

Eslatib o`tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi G`azo sektorida Isroilning zarbalari har 10 daqiqada bir bolani o`ldirib, yana ikki nafarini jarohatlashini bildirgandi. 

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G`azo bolalar qabristoniga aylanib borayotganini aytgandi.

To Top ↑
To Top ↑