x

Bugun, 20 noyabr – Jahon bolalarni himoya qilish kunida soat 21:00 da Turkiyada G`azo va butun Falastinda yashovchi bolalar huquqlarini qo`llab-quvvatlash uchun noodatiy miting bo`lib o`tadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. 

“Biror narsa qiling” nomini olgan aktsiya Anqara yordam platformasi tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Aktsiya doirasida soat 21:00 da Turkiya va boshqa mamlakatlar aholisi G`azo sektoridagi bolalar o`limiga e'tibor qaratish uchun chiroqlarini o`chiradi va yoqadi. 

“Bugun Isroilning G`azo sektoridagi qirg`inlarining 44-kunidir. Urush jinoyati sifatida tasniflangan Isroil hujumlarida 13 mingdan ortiq G`azo fuqarosi halok bo`ldi. Ular orasida minglab bolalar va go`daklar ham bor”, deyiladi Platforma bayonotida. 

Qayd etilishicha, kampaniya Isroilning bolalarga qarshi jinoyatlari tugaguncha davom etadi. 

Shuningdek, “Biror narsa qiling” aktsiyasi davomida yaratilgan kontent va foto-video materiallar ijtimoiy tarmoqlarda #birşeyyap va #dosomething heshteglari bilan tarqatilishi ma'lum qilindi.

To Top ↑
To Top ↑