TsAHAL G`azo sektori shimolidagi Jebaliya shahridagi BMTning «Al-Faxura» maktabini portlatib yubordi.
G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi Isroilning BMT maktabiga bergan zarbasi oqibatida 50 kishi halok bo`lganini ma'lum qildi.
Portlash oqibatida 200 ga yaqin odam jarohat oldi. Al-Jazeera telekanalining Jebaliyadagi muxbiri tibbiy guruhlar yaradorlarni evakuatsiya qilayotganini xabar qilgan. Telekanal muxbirining so`zlariga ko`ra, maktabda odamlar ko`p bo`lgan.
«Al-Faxura» maktabi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin Qochqinlar Agentligi (UNRWA) tomonidan boshqariladi.
Isroil mudofaa kuchlari voqea yuzasidan izoh bermadi. Avvalroq Isroil harbiylari Jabaliyaga zarbalar berib, u erda jangarilar borligini aytgan edi.
Ayni paytda maktabga qilingan hujumdan so`ng ko`plab arab shaharlari ko`chalarida Isroilga qarshi namoyishlar qayta boshlandi.