x

Kech qoldik. “Qo`rqma, yaqinda o`lamiz”, deb aka-ukalariga tasalli berayotgan, tobutdan xavfsizroq joyni bilmaydigan bolalar uchun kech qoldik. “Katta bo`lganingda kim bo`lasan?” degan savolga “Biz katta bo`lmaymiz” deb javob bergan bolalar uchun juda kechikdik. Biz bugun bombalardan qochish, yaradorlarni zambilda ko`tarish, vayronalar qazish va shahid bolalarni xotirlash uchun yig`ilganimiz yo`q. Bugun shu erda ekanmiz, demak biz “ammo” va “nega”larsiz sulh talab qilamiz. Bu gaplarni kecha, 15 noyabr' kuni dunyo davlatlari prezidentlari va hukumat rahbarlarining rafiqalarini Istanbulga to`plab, “Falastin uchun yagona yurak” sammitini tashkil etgan Turkiya Prezidentining rafiqasi Emina Erdo`g`an o`z nutqida aytib o`tdi. 

“Hayolimga hamma narsa kelishi mumkin edi, lekin bir kun kelib urushlarda noma'lum askarlar uchun qo`llaniladigan "noma'lum askar" tushunchasini bolalar uchun ishlatamiz, deb hech o`ylamagandim”, deydi Emina Erdo`g`an.

Birinchi xonim Erdo`g`an, tarix davomida boshdan kechirgan dahshatli qurbonlik tufayli o`zi uchun xalqaro qonuniylik maydonini ochgan davlat (Isroil), ularga nisbatan his etilgan aybdorlik psixologiyasi bilan o`nlab yillar davomida erkalab kelayotgan xalqaro tizimning so`nggi 40 kun ichida qanday yirtqich hayvonga aylanganiga guvoh bo`linayotganini bildirdi. 

“Ash-Shifa” shifoxonasida ishlaydigan shifokor, “Eng og`iri, qurbon bo`lgan norasidaning tanasiga “noma'lum bola” deb yozishdir”, dedi. Bu G`azo bolalarining dahshatini ifoda etmoqda. G`azo – bugun noma'lum bolalar shahri. Men ona, ayol, inson sifatida bunday iflos merosni keyingi avlodlarga hisob-kitobsiz qoldirishdan bosh tortaman. Men Isroil davlatining barcha tegishli a'zolarini sodir etgan barcha urush jinoyatlari uchun Halqaro jinoiy sudga tortishlarini talab qilaman. 

Falastindagi bugungi post-modern holokost (yahudiylarning ta'qib qilinishi va ommaviy qirg`in qilinishi – 1933—1945 yillar – tahr.) o`zini-o`zi himoya qilish huquqining ko`rinishi deb da'vo qilganlar ham xuddi shunday javobgarlikka tortilishi kerak, deb hisoblayman. Endi hech kim bu kulgili gaplar bilan dunyoning vijdonli odamlarini ahmoq qilmasligi kerak”, deydi Turkiya birinchi xonimi.

Eslatib o`tamiz, Istanbulda bo`lib o`tgan sammitda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir, Senegal Prezidenti Maki Saning rafiqasi Mariyeme Faye Sall, Malayziya qirolichasi Tunku Aziza Aminah Maymunah Iskandariya, O`zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoeva, Kongo Respublikasi Prezidentining rafiqasi Antuanetta Sassu-Ngesso, Bangladesh Prezidentining rafiqasi Rebeka Sultona, Bosniya i Gertsegovina Prezidentlik kengashining xorvat a'zosi Jel'ko Komshichning rafiqasi Sabina Komshich, Livan Bosh vazirining rafiqasi May Mikati, Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri Hamza Yusufning rafiqasi Nadiya Al-Nakla, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybening rafiqasi Omina Ali Muhammad Al-Shavush Al-Dilaviy, Falastin maxsus vakili Ferial Kamel Abdalrahmon Salim, Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid an-Nahyonning rafiqasi Shayxa Alyazia bint Saif Al Nahayon, Misr rejalashtirish va iqtisodiy rivojlanish vaziri Hala Alsaid va turkmanistonlik diplomat Chinor Rustamova ishtirok etdi. 

To Top ↑
To Top ↑