G`azo sektorida halok bo`lganlar 11 ming 180 kishiga etdi. Bu haqda anklav Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al-Hadas” telekanali xabar berdi.
Halok bo`lganlarning 4609 nafari bolalardir. Jami 28 ming kishi jarohat olgan.
Ma'lumki, Isroil va HAMAS harakati o`rtasidagi mojaro 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroil tomonidan halok bo`lganlar 1,2 ming kishini tashkil qilmoqda, 5,4 ming kishi yaralangan.
G`azo sektorida harbiy kuchayish boshlanganidan buyon mintaqadagi vaziyatni yorituvchi 49 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo`ldi.