Nemolchi.uz tahririyatiga 2006- yilda tug'ilgan qizning otasi murojaat qildi. Uning so`zlariga ko`ra, 2022-yil aprel oyidan boshlab qizi Kattaqo`rg`on shahridagi 5-maktab o`qituvchisi bilan qo`shimcha matematika darslariga qatnay boshlagan. 1987 yilda tug`ilgan o`qituvchi ba'zan qo`shimcha darslardan so`ng qizni uyiga mashinasida keltirib qo`ygan va shubha uyg`otmaslik uchun qizning otasiga u yaqin atrofda yashashini va uni uygacha keltirib qo`yishi mumkinligini aytgan.
Qizning so`zlariga ko`ra, ustozi bir marta dars paytida uning qo`liga tegib ketgan, lekin boshqa o`quvchilardan uyalib, qiz indamagan va shunchaki qo`lini tortib oladi. 2023 yil 5 may kuni o`qituvchisi unga uning mahallasidan o`tayotgani va maktabga olib borishi mumkinligini yozgan. Qiz katta yo`lga chiqdi, mashinaga chiqdi, lekin erkak yo`lda yo`nalishni o`zgartirdi va u qayerga ketayotganlarini so`raganida, hujjatlarni uyda unutib qo`yganligini, ular shundoq hujjatlarni olib, to`g`ri maktabga borishlarini aytdi. Uyining hovlisiga kirishlari bilan o`qituvchi darvozani yopdi va qizga mashinadan tushishni buyurdi. Qiz rad etdi, shunda uni majburan mashinadan sudrab olib, qo`lida uyga olib kirdi. "Qo`rqma, shunchaki gaplashamiz", deydi. Ular taxminan 20 daqiqa suhbatlashishdi va erkak qizga tegajog`lik qila boshlaydi va uni sevishini aytadi. Qizning qarshiligiga qaramay, uni echintirib, jinsiy ehtiyojlarini qondirdi. Keyin bu haqida hech kimga aytmaslikni talab qildi va qizga uylanishni va'da qildi. U qizni videoga olib, uning shaxsiy suratlari va videolarini tarqatish bilan tahdid qilgan.
O`sha kuni qiz ota-onasiga bo`lgan voqeani aytishdan qo`rqdi va tushkunlikka tushdi. Ammo vaqt o`tishi bilan onasi undagi o`zgarishini payqab, qizdan nimalar bo`layotganini surishtiradi. Qiz barchasini aytib beradi. 18 avgust kuni ular prokuraturaga ariza berishdi. 29 avgust kuni ekspertizaga yo`llanma olishdi. Qizning otasi Rossiya Federatsiyasida mehnat muhojiri sifatida ishlab yurgan, voqeadan xabar topgach, u darhol qaytib kelgan. Ammo Rossiya Federatsiyasida bo`lganida zo`ravon unga xabar yozib, qizi va o`zini sharmanda qilmaslik, yaxshi shartlarda kelishuvga erishishni so`ragan. Keyin o`z joniga qasd qilish bilan tahdid qila boshladi. Zo`ravon o`qituvchi qizga uylanishni aytadi, ovozli xabarlar yuborgan. Ammo qizning otasi bunga qarshi edi, chunki erkak ilgari ikki marta uylangan va ikkala marta ham ajrashgan va sobiq xotinlarini xiyonatda ayblagan.
10 oktyabr' kuni qizning otasi qizi bilan sodir bo`lgan voqea yuzasidan tergov jarayoni qanday ketayotganini bilish uchun ichki ishlar bo`limiga murojaat qiladi va advokat yollamoqchi ekanligini aytganidan keyingina unga jinoiy ish qo`zg`atishdan yozma ravishda rad javobi beriladi. Garchi rad etish haqida qaror 27 sentyabr' kuni imzolangan bo`lsa-da, tergovchi bu haqda jabrlanuvchini xabardor qilishni zarur deb hisoblamagan. Unga ekspertiza xulosasi ham taqdim etilmagan.
Bundan tashqari, o`sha kuni o`qituvchi olgan fotosuratlar qizning sinfdoshi bo`lib chiqqan jiyani tomonidan tarqatilgan. Ammo bu unga etarli bo`lmagandek 3 oktyabr' kuni uning o`zi fotosuratlarini Instagram ijtimoiy tarmog`ida tarqatdi. Bu fakt bo`yicha 2023 yil 5 oktyabr' kuni qizning otasi tanishtirilgan bayonnoma tuzilib, biroq uning nusxasi qizning otasiga taqdim etilmagan. Qizning fotosuratlarini tarqatgani uchun o`qituvchiga qanday jazo tayinlangani ham noma'lum.
Bu orada zo`ravon psixologik-nevrologik dispanserga yotib olib, noqonuniy xatti-harakatlarini davom ettirmoqda. Bu safar u o`z uyida olgan qizning suratlarini sinfdoshlariga yubordi. Ota bu haqda tergovchilarga xabar bergan, biroq uni ish materiallari bilan tanishtirishmadi.
Samarqand viloyati prokuraturasidan ushbu holatni batafsil o`rganishni talab qilamiz. Nega qizning otasi ish materiallari bilan bunchalik kech tanishtirildi va unga o`zi imzolagan bayonnomalarning nusxalari berilmadi? Qiz maktabga borishdan qo`rqadi, lekin unga haligacha himoya orderi berilmadi. Zo`ravon esa go`yoki "jinni"day qizlarning taqdirlariga raxna solishda davom etadimi?!