Kastamonu viloyatida tugʼilganiga bir soat boʼlgan oʼgʼil bola chaqaloq chiqindiga tashlab ketildi. Oʼtayotgan odamlar chaqaloqning ovozini eshitishgan va bu haqida politsiyaga xabar berishgan.
Shundan so'ng voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib kelgan va chaqaloq shifoxonaga olib ketilgan.
Voqea joyida bo'lgan mahalliy guvohlardan birining aytishicha, "chaqaloq bo'g'ilib qolishi uchun uni qopga solib, qopning og'zini bog'lab qo'yishgan".
Olib borilgan surishtiruvdan so'ng, chaqaloqning onasi ekanligi aniqlangan 16 yoshli qiz hibsga olingan.
Ma'lum bo'lishicha, chaqaloqning boshida ko'karish bor va nafas olish qiyinligi sababli reanimatsiya bo'limida intubatsiya qilingan.