Dunyo etarli deb aytishi uchun G`azoda yana qancha bola o`lishi kerak? Ushbu gapni Shotlandiyaning birinchi musulmon vaziri Hamza Yusuf o`zining H sahifasida yozib qoldirdi.
H dagi postida Yusuf G`azoning kuchli bombardimon ostida qolgani, telekommunikatsiyalar uzilib qolgani va deyarli 3 haftadan beri mintaqada qamalib qolgan oila a'zolari bilan bog`lana olmayotganini qayd etgan.
“Biz faqat ular tunda omon qolishlari uchun ibodat qilishimiz mumkin. Dunyo etarli deguncha yana qancha bola o`lishi kerak?" deydi vazir.
Ma'lumotlarga ko`ra, Yusufning qaynotasi va qaynonasi G`azoda qolmoqda. Yusufning so`zlariga ko`ra, ular G`azoni tark eta olmagan va Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xavfsiz o`tishini kafolatlamagan.
Eslatib o`tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an G`azoga qilingan hujumlar uzoq vaqtdan beri o`zini-o`zi himoya qilish doirasidan o`tib, ochiqdan ochiq shafqatsizlik, zo`ravonlik, qirg`in va vahshiylikka aylanib bo`lgan.
Ma'lumot o`rnida, Isroil va HAMAS o`rtasidagi urush joriy yilning 7 oktyabr' kuni Isroil hududiga yuzlab raketalar otilgani bilan boshlangan. Isroil hukumati bunga javoban HAMASga qarshi urush e'lon qildi va G`azo sektorini keng ko`lamli o`qqa tuta boshladi. Isroil tarafdan 1,4 mingdan ortiq kishi halok bo`lgani xabar qilindi. Isroilning G`azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo`lganlar soni esa 7 mingdan oshdi. Ularning 2913 nafari bola va 1709 nafari ayollardir.