x

"Onali etim - gul etim, otasiz etim - shum etim." "Onasini emib to`ymagan, otasining barmog`ini so`rar.

"Oltin boshli otang bilan qolguncha, paxmoq sochli onang bilan qol."

"Odatan etim qolib ona qo`lida tarbiya topadigan bola har jihatdan tartibli, intizomli, odobli, ilmli-bilimli, hunarli, gulday ko`rkam pokiza, kiyim-kechagi ozoda, o`zgalarning havasini keltiradigan ajoyib inson bo`lib etishadi. Negaki, otaga qaraganda bolaga ona mexribonroq bo`ladi, uni hamma vaqt ko`z qorachig`iday asrab avaylash, yuvib-tarash, e'zozlash, atrofida parvo- na bo`lish, erkalash, o`qitish, o`rgatish harakatida bo`ladi, boshqacha qilib aytganda, o`zining butun vujudini, qalb ko`rini, mehrini, vaqtini, e'tiborini unga baxshida etadi. Ota ham o`z bolasini sevsa ham onasi kabi parvona bo`lolmaydi. Ko`proq ko`chada bo`lgani uchun, uning xol-axvolidan doimo xabar ololmay koladi, kiyim-kechagini yuvib, tikib-yamab berolmaydi. Natijada bola ko`p xolatlarda nazoratsiz qoladi, axloqsiz bolalarga ko`shilib shum bolaga aylanadi."

Yuqorida keltirib o`tilgan o`zbek xalq maqollari va uning izohida onaning bola uchun qanchalik ahamiyati katta ekani ko`rsatib o`tilgan.

"Hikmatnoma" kitobidan.

To Top ↑
To Top ↑