O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev yo`llardagi harakat xavfsizligi bilan bog`liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini aytib, mas'ullarni tanqid qildi. Bu haqda u kecha, 20 oktyabr' kuni videoselektor yig`ilishida co`z ochdi.
Davlat rahbari yig`ilishda yo`l-transport hodisalari oqibatida o`lim holatlari ortib borayotgani, mas'ullarning esa bunga loqaydligi va mas'uliyatsizligini aytib o`tdi.
"Yoshlar o`lyapti, 4000-4200 odam avariyadan o`lyapti. Bekordan bekor. Sen ham, transport vaziri bo`la turib, shunga befarq bo`lmasdan, Prezident qabul qilgan qarorini, svetoforlarni joy-joyiga qo`yishga mas'ulmisan, yo`qmi? Nimaga odamlar o`lishi kerak chorrahalar to`g`irlanmagani uchun?" deya savol qo`ygan Prezident Transport vaziriga.
Shuningdek, mas'ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlarning ham e'tiborsizligidan afsusdaligini bildirdi.
"Nimaga Prezident tashvish qilib, hammani "yondirishi" kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) "yonmaysizlar"? Shuncha odam o`lib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo`lmaydi – dod-faryod odamlar o`lgani uchun. Ijtimoiy tarmoq degani – xalqni ovozi degani", degan Shavkat Mirziyoev.
Prezident misol sifatida Hitoy poytaxti Pekin va Rossiya poytaxti Moskvadek yirik shaharlarda tirbandlik deyarli kuzatilmasligini tilga olgan va O`zbekistonda ham shunga intilish kerakligini tavsiya qilgan.
Selektorda Transport vaziri va boshqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantirish, svetoforlar va yo`l chiziqlarini o`rnatish, tirbandlikning oldini olish, poytaxt ko`chalari va hududlardagi yo`llarni tartibga solish bo`yicha qat'iy choralar ko`rish topshirilgan. 2024 yil bu borada jiddiy o`zgarishlar yili bo`lishini ta'minlash vazifasi qo`yilgan.