2023 yilning 8 oyida O`zbekistonda 2121 nafar voyaga etmaganlar tomonidan 2024 ta jinoyatlar sodir etilgan.
IIV Jamoat xavfsizligi departamentining ma'lum qilishicha, jinoyatlarda 1424 nafar maktab, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalari o`quvchilari, 142 nafar ishlamasdan yurganlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga etmaganlar ishtirok etgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonda 2021 yilda 1472 nafar voyaga etmagan shaxs sudlangani, 2022 yilda bu ko`rsatkich 2116 nafarga etgani ma'lum qilingan edi.
O`tgan 2022 yilda ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan.