x

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo`lgan ikki sobiq amaldorga qo`yilgan ayblovlar qo`shimcha tergov o`tkazilganiga qaramay, deyarli o`zgarishsiz qoldi. Bu haqda zo`ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko ma'lum qildi.

2022 yil sentyabr' oyida jinoyat ishlari bo`yicha Hiva tumani sudi Horazm viloyati prokuraturasining viloyat adliya boshqarmasi sobiq boshlig`i hamda Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo`limi sobiq raxbarini 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Jamoatchilik mehribonlik uyi rahbari 3 nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchi qizni 10 oy davomida jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida 31 mart kuni chiqarilgan Nemolchi.uz maqolasidan so`ng xabar topgan.

Sud qarori esa O`zbekistonda keng jamoatchilik e'tiroziga sabab bo`lgan. Bosh prokuratura jazo o`ta engil bo`lganini tan olgan, Horazm viloyati prokuraturasi ishni qayta ko`rib chiqish va jazoni kuchaytirish maqsadida birinchi instantsiya sudining qarori ustidan protest keltirgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahri sudining apellyatsiya instantsiyasi tomonidan ish qayta ko`rib chiqilgan. 19 iyul' kuni ish prokurorga qaytarilgan. Qo`shimcha tergov jarayonida ular «yangi ayblov bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi»ni ko`rib chiqishlari kerak edi. Sud ishni ko`rib chiqishni bir oyga to`xtatgan.

Avgust oyining oxirida ish sudga qaytarilgan. Irina Matviyenko sud majlislari jadvali e'lon qilinadigan, ayblanuvchilar va ayblovlar ko`rsatilgan veb saytga tayanib ta'kidlashicha, Oliy sud ayblovni zo`rlash sifatida qayta kvalifikatsiya qilmagan.

«Bu hech narsa o`zgarmaganini anglatadi. So`roq paytida qizlar jinsiy aloqa qilishga majburlanmaganliklarini aytishgan. Hech kim ularning qaram holatda ekanini hisobga olmagan. Ulardan biri ukasi bilan tahdid qilganidan keyin jinsiy aloqa qilishga rozi bo`lgan. Biroq, shunga qaramay, tergov yana zo`rlash alomatlarini topmadi. Men jazoning o`zgarishsiz qolishi (1,5 yilga ozodlikni cheklash) yoki birozgina o`zgarishidan qo`rqaman», — deb yozadi u.

U Oliy sudning rasmiy veb saytidan skrinshotni e'lon qilgan, unda birinchi marta hukm o`qilgan paytdagi Jinoyat kodeksining moddalari ko`rsatilgan. Irina Matviyenko va Nemolchi.uz loyihasi postlaridan so`ng Oliy sud saytidagi ushbu ma'lumot tahrir qilingan — ayblov bandlari o`chirilgan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning ma'lum qilishicha, jinoyat ishi Toshkent shahri sudi sudlov hay'atining apellyatsiya instantsiyasida ko`rib chiqilmoqda, hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

«Hozirda jarayon davom etmoqda. Hali tugamagan. Hozircha bu ish bo`yicha na sud qarori, na yangi hukm e'lon qilingan. Tarmoqlarda tarqalayotgan ma'lumotlar noto`g`ri va asossiz», — dedi u.

Uning so`zlariga ko`ra, ayblov moddalari tergov tomonidan taqdim etiladi, shuning uchun ayblovga oid savol tergov organiga yuborilishi kerak. «Gazeta.uz» bu borada Bosh prokuraturaga so`rov yubordi.

Advokatlardan birining  aytishicha, yopiq sud tarzida o`tayotgan jarayon ayni kunlarda muzokaralarni yakunlagan. Muzokarada so`z olgan tomonlar — prokuror va advokatlar holat yuzasidan xulosalarini ma'lum qilgan.

«Sudning bu borada yakuniy fikri hali e'lon qilinmadi. Bu haqda yozayotganlar yolg`on axborot tarqatmoqda. Sud 27 sentyabr' kuni ish bo`yicha yakuniy xulosasini e'lon qilishi kutilmoqda», — dedi advokat.

To Top ↑
To Top ↑