x

Tarmoqlarda “Andijonda ham bolalar bog`chada zaharlangani aytilmoqda” nomli xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, bolalar bog`chada zaharlanib, shifoxonalarga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati izoh berdi.

“Andijonda bolalar bog`chada zaharlangani haqidagi xabarlar yolg`on. Shifoxonalarga doridan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan murojaatlar kelib tushgani yo`q.

Viloyatda chorshanba kuni bolalarga dori berilgan. Balki bolalar boshqa kasallik bilan og`risa ham ota-onalar zaharlanishga gumon qilishayotgan bo`lishi mumkin”, – dedi boshqarma mas'ul xodimi.

Chustdagi holat

Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog`chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatilgan edi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi zaharlangan bolalar soni 71 nafar ekanini bildirgan bo`lsa, Bosh prokuratura Chustda Favqulodda holat e'lon qilinganini inkor etgandi. Sog`liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko`ra, holat vazir nazoratiga olingan.

To Top ↑
To Top ↑