x

Toshkentdagi “Yoshlar ijod saroyi”da 18-sentyabr' kuni “Sen kuchlisan” loyihasining xayriya ko`rgazmasi o`tkazildi. Ko`rgazmaga gematologik va onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan 133 nafar bemor bolalar tomonidan chizilgan 650 ta surat qo`yildi.
Tadbirga kelgan mehmonlar bemor bolalar tomonidan chizilgan 26 ta suratni auktsionda, qolgan devordagi suratlarni o`zlariga ma'qul miqdordagi mablag` evaziga sotib olishlari mumkin edi. Sotuvdan tushgan pullar ushbu bolalarning davolanishi, shaxsiy ehtiyojlariga sarflanadi.
Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, tadbirda jami 42 million so`mdan ortiq mablag` yig`ilgan. Devorlarda ilingan suratlar 15 ming so`mdan boshlab 6 million so`mgacha narxlarda sotib olingan.

Manba: daryo.uz

To Top ↑
To Top ↑