x

UNICEF Afg`oniston urush qurollari bilan eng ko`p ifloslangan davlatlardan biri ekanini ma'lum qildi.

Tashkilot hisobotiga ko`ra, mamlakatda urushda portlamay qolgan snaryadlar qurbonlarining 85 foizi — bolalar.

Hususan, Omonulla va Fotima ismli ikki afg`on bolalarining aytishicha ular tog`da bomba topib olishgan va uni sotish uchun qishloqqa olib tushishgan. Ammo bomba sotib oladigan odam ular keltirgan bombani olmasligini aytadi. Shundan so`ng bolalar keyinroq sotamiz degan maqsadda uni uylariga olib kelishgan vaqt bomba portlab ketadi. Natijada ular jarohat olishadi.

Halqaro qizil yarim oy jamiyatining ma'lum qilishicha, Afg`onistonda aholi o`limining qariyb 60 foizi aynan urush vaqtida portlamay qolgan bombalar oqibatida sodir bo`lmoqda.

Avvalroq BMTning gumanitar yordamlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi o`tgan yili Afg`onistonda bombalar, minalar va qo`lbola portlovchi qurilmalarning portlab ketishi oqibatida 700 dan ortiq bolalar halok bo`lganini ma'lum qilgan edi.

UNICEF va Yevropa Ittifoqining Afg`onistondagi vakillari bolalarni portlamay qolgan snaryadlarni aniqlash va ularga tegmaslikka o`rgatmoqchi.

To Top ↑
To Top ↑