x

“Turli bahonalar” bilan farzandlariga e'tiborsiz qolgan otalarning farzandlarining xatti-harakatlarida deyarli bir xil og`ishlar paydo bo`ladi. Otasi bo`lgani holda otasiz katta bo`lgan bolalarning aksariyatida bir qarorga kelishda qiyinchilikka duch kelish muammosi mavjud. Ular kuchsiz va beqaror bo`ladi. Biron-bir karorga kelishdan avval juda ko`p o`ylanishadi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirlarida juda tez tushkunlikka tushib qolishadi. So`zlariga ishonish kiyinlashadi. Har kuni fikr almashtirish kabi salbiy xususiyatga ega bo`ladi.

Ayniqsa, qiz farzandlari bor otalarga aytar so`zimiz shuki, qizingizni turli ishlar sababli e'tiboringizdan chetda qoldirmang. Chunki qiz bolaning otasidan oladigan juda nozik his-tuyg`ular mavjud bo`lib, tabiatan zaif yaratilganliklari bois eng katta himoyachilari otalari, deb bilishadi. Bu nuqtai nazardan ota va qiz orasidagi munosabatlar juda muhim.

Masalan, ota qizining boshini silasa, bag`riga bossa, sochlarini tarasa qiz otasi bergan bu energiyani hech qayerdan topolmaydi. Otasi yonida turgan holdagi xotirjamligini hech narsaga tenglashtirmaydi. Ota yo`qligida voyaga etgan qizlarning harakatlaridagi eng ko`p uchraydigan salbiy burilish “himoyalanish”dagi etarsizlik tufayli paydo bo`ladigan ruhiy behalovatlik va tajovuzkorlikdir.

Hulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi kunimizdagi ijtimoiy hayotning o`ta faolligi bois o`z vazifalarini unutayozgan ota-onalarning haqiqiy ma'noda ota-ona bo`lish ma'nosida uyg`onishlari lozim.

Otalarning uyda onalarni bolalar bilan yolg`iz qoldirish, bolalarni aldash uchungina muzqaymoq edirgani yoki sayr uchun parklarga olib borish bilan cheklanishlari mutlaqo noto`g`ri.

To Top ↑
To Top ↑